Toza kod — bu o‘qilishi oson, tushunarli va saqlash yoki kengaytirish uchun qulay bo‘lgan kodni anglatadi. PHPda Clean Code yozish nafaqat sizga, balki sizdan keyingi dasturchilarga ham foyda beradi.
Foydalanish holatlari:
- Loyiha jamoaviy olib borilganda
- Loyihani testlash va kengaytirish kerak bo‘lganda
- Texnik qarzni kamaytirish uchun
Qoidalar:
- O‘zgaruvchilarga mazmunli nom berish
❌$a = 10;
✅$userAge = 10;
- Funktsiyalar kichik va bitta vazifali bo‘lishi kerak
// Yomon uslub function processUser() { ... do many things ... } // Yaxshi uslub function validateUser() { ... } function saveUser() { ... }
- Magic raqam va stringlardan qochish
❌if ($role == 1)
✅if ($role == self::ROLE_ADMIN)
- Kommentariyani keraksiz joyda ishlatmaslik
✅ Yaxshi nomlangan kod o‘zi tushunarli bo‘lishi kerak - PSR standartlariga amal qilish
- PSR-1, PSR-2 — kod yozish uslubi
- PSR-4 — autoloading (class yuklash)
- DRY printsipiga rioya qilish (Don’t Repeat Yourself)
❌ Bir xil kodni qayta-qayta yozish
✅ Ularni funksiyalarga ajratish
Oddiy misol:
// Toza yozilgan kod
class UserService
{
public function createUser(array $data): bool
{
if (!$this->isValid($data)) {
return false;
}
return $this->save($data);
}
private function isValid(array $data): bool
{
return isset($data['name']) && isset($data['email']);
}
private function save(array $data): bool
{
// bazaga saqlash
return true;
}
}
Xulosa:
PHPda Clean Code yozish orqali kodni tushunish, testlash, va qo‘llab-quvvatlash osonlashadi. Bu — professional dasturchining ajralmas odatlaridan biridir.
Leave a Reply