Assalomu alaykum! 👋
Men Jamshidbek Akhlidinov, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining 4-bosqich talabasi bo‘lib, Dasturiy injiniring yo‘nalishida tahsil olaman. Asosiy e’tiborim — veb dasturlash, xususan PHP va Yii2 framework bilan mustahkam va qulay veb-ilovalar yaratishdir.
Dasturlashga bo‘lgan qiziqishim tufayli o‘zimni doimiy ravishda rivojlantirib boraman: yangi texnologiyalarni o‘rganaman, amaliy tajriba to‘playman va haqiqiy loyihalarda ishtirok etaman.
Nimalar qila olaman?
- OOP (Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash) asosida kod yozish
- Yii2 framework yordamida backend tizimlar yaratish
- MySQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash
- Toza va tushunarli kod yozish (Clean Code, SOLID tamoyillari)
- Mustaqil ishlash va jamoa bilan hamkorlik qilish
Qisqacha malakalarim:
- 🛠️ Php, Yii2, Laravel
- 💬 Telegram botlar (o‘zim yozgan
ustadev/telegram
paketi orqali) - 🗃️ MySQL, PostgreSQL, SQLite
- 🧠 Test yozish, Clean Code, SOLID printsiplari
- 📂 Mustaqil loyiha: ExamBuilder.uz (imtihon biletlari generatsiyasi)
Maqsadim:
Har bir muammoga yechim topa oladigan, hayotga tatbiq qilinadigan, oddiy, lekin samarali tizimlar yaratish. O‘rganish va tajriba to‘plash orqali sohada yetuk mutaxassis bo‘lishga intilaman.
Agar siz ham biror loyiha uchun ishonchli backend dasturchi izlayotgan bo‘lsangiz — men bilan bog‘laning. Doimo ochiqman!